Air Code

83-modda. Havo kemasini, uning yo'lovchilari va ekipajini qidiruv ishlarining to'xtatilishi

Ko'rilgan tadbirlar natija bermagan taqdirda halokatga uchragan havo kemasini qidiruv ishlarini to'xtatish haqidagi qaror Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari tomonidan qabul qilinadi. Bunday qaror mavjud qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalari bilan havo kemasini topishda davom ettiriladigan qidiruv ishlari samarasizdir va tirik qolgan odamlarni qutqarish uchun hech qanday real umid qolmadi, deb taxmin qilishga yetarli asoslar bo'lganidagina qabul qilinishi mumkin. Halokatga uchragan havo kemasini qidiruv ishlarini to'xtatish haqidagi qaror ustidan mazkur kema egasi tegishli sudga shikoyat qilishi mumkin. Qidirilishi to'xtatilgan havo kemasi bedarak yo'qolgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.