Air Code

80-modda. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlarini tashkil qilish

(80-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlarini O'zbekiston Respublikasining Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati amalga oshiradi. Mazkur xizmat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomga muvofiq ishlaydi. Aviatsiya qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish va bajarishda Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning kuchlari hamda vositalarini jalb qilish huquqiga ega. Vazirliklar va idoralar, shuningdek davlat muassasalari va tashkilotlari Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati organlarining talabiga muvofiq ularga qidiruv-qutqaruv ishlari uchun tayyor turgan qutqaruv kuchlari va vositalarini tezda ajratib berishlari shart. Respublika Prezidentining qaroriga muvofiq davlat tasarrufida bo'lmagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek fuqarolar yuqoridagi kabi kuch va vositalarni ajratishlari shart, keyinchalik bu xarajatlar O'zbekiston Respublikasi byudjeti hisobidan qoplanadi. Qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarining tarkibi, texnika va anjomlari ro'yxati, qidiruv-qutqaruv ishlarini boshqarish va bajarish tartibi, tegishli mansabdor shaxslarning vazifalari Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati tasdiqlagan qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish qoidalarida belgilab beriladi. Havo kemalarini, ularning yo'lovchilari va ekipajini qidiruv-qutqaruv ishlarini ta'minlash maqsadida Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati tunu kun navbatchilikni yo'lga qo'yadi. Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida o'zga davlatlarning tegishli organlari bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatadi, shuningdek o'z faoliyatini respublikaning qidiruv-qutqaruv va avariya ishlarini o'tkazishga mas'ul boshqa organlari bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda moslashtiradi. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalariga kerakli yordam ko'rsatish uchun O'zbekiston Respublikasi hududiga: a) o'zga davlatlarning qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalari; b) mazkur havo kemalarining egalari va ekspluatantlari; v) halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasi ro'yxatdan o'tkazilgan davlat ma'murlari kelishlariga yo'l qo'yilishi mumkin. Bunday kelishga yo'l qo'yish tartibi O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to'g'risidagi nizomda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.