Air Code

57-modda. Aeronavigatsion va meteorologik axborot

(57-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasi hududida havo transporti qatnovi aeronavigatsion va meteorologik axborot bilan ta'minlanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik xizmat ko'rsatadi, davlat aviatsiyasi uchun meteorologik axborot beradi, xalqaro aeronavigatsiya manfaatlarini ko'zlab meteorologik ta'minlashni tashkil etadi. Fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik xizmat ko'rsatish samoviy hududdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida O'zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma'muriyati va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat aviatsiyasini meteorologik axborot bilan ta'minlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi. Havo transporti qatnovini aeronavigatsiya axboroti bilan ta'minlash tartibi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada O'zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma'muriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida — O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan xavfsiz, samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni ta'minlash maqsadida xalqaro tashkilot yoki chet el davlatlari aeronavigatsion axborot xizmatlaridan bitim yoki shartnoma asosida olinadigan meteorologik axborot ham ishlatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.