Ro'yxatdan o'tkazish paytida havo kemalariga ro'yxat belgisi va davlat tanish belgisi berilib, ular shu havo kemalarida qayd etiladi.
Ro'yxat belgisi va davlat tanish belgisidan tashqari havo kemalariga qo'shimcha belgilar (ramzlar, yozuvlar, nishonlar) qo'yilishi mumkin. Mazkur belgilarni havo kemalariga qayd etishda ro'yxat belgisi va davlat tanish belgisining ko'rinishini yomonlashtirmaslikka e'tibor qilish lozim.
Fuqaro va eksperimental havo kemalariga ro'yxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish tartibi Aviatsiya ma'muriyati tomonidan, davlat havo kemalariga qayd etish esa O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn41-modda. Havo kemalariga qo'yiladigan belgilar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.