Air Code

122-modda. Talab qo'yish tartibi

(122-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-337-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2012 й., 39-сон, 447-модда)

Yo'lovchi, qo'l yuki, yuk yoki pochtani tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan da'vo qo'zg'atishdan oldin uning oldiga talab qo'yilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yo'lovchining o'limi yoki sog'lig'iga zarar yetishi bilan bog'liq hollar bundan mustasno. Tashish bitta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda talablar da'vogarning xohishiga ko'ra parvoz boshlangan yoki tugagan manzilda bildiriladi. Tashish bir nechta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda, qo'l yuki yoki yuk tashish qoidasi buzilganligiga doir talablar da'vogarning xohishiga ko'ra birinchi yoxud oxirgi tashuvchiga, yo'lovchining o'limi yuz bergan yoki sog'lig'iga zarar yetkazilgan taqdirda esa, tashishni yo'nalishning zarar yuzaga kelgan uchastkasida bajargan tashuvchiga bildiriladi. Bevosita aralash transportlarda tashishdan kelib chiqadigan talablar: a) agar tashishning so'nggi manzili aeroport bo'lsa – tashuvchiga; b) agar tashishning so'nggi manzili temir yo'l yoki avtomobil stantsiyasi, bandargoh yoki port bo'lsa – tegishli transport tashkilotiga taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.