Garov reyestriga yozuv kiritish foydalanuvchi tomonidan elektron shaklda amalga oshiriladi.
Garov reyestriga kiritilayotgan yozuv quyidagilarni o'z ichiga olgan bo'lishi kerak:
qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs va kreditor to'g'risidagi axborot (jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaxslar uchun — nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va soliq to'lovchining identifikatsiya raqami);
qarzdorning mol-mulki, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi va kreditorning bu mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga bo'lgan huquqlari tavsifi, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi uchun esa — voz kechilgan pul talabnomasining tavsifi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq kiritilgan yozuv uni kiritish vaqti va sanasi ko'rsatilgan hamda unga yagona ro'yxatdan o'tkazish raqami berilgan holda avtomatik ravishda garov reyestrida qayd etiladi.
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, garov reyestriga yozuvni kiritish vaqti va sanasi kreditorning qarzdor o'z majburiyatlarini bajarmagan hollarda boshqa kreditorlar va uchinchi shaxslardan oldin undiruvni qarzdorning mol-mulkiga shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga qaratishga, boshqa talablarni qanoatlantirishga bo'lgan navbatini, imtiyozli huquqini aniqlash uchun asos bo'ladi.
Garov reyestriga yozuv kiritilganligi uchun haq undiriladi, uni undirish shartlari va miqdori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Garov reestri to'g'risida»gi qonun
9-modda. Garov reyestriga yozuv kiritish
(9-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.