Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
garov reyestri — qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini ta'minlash vositasi sifatida berib qo'ygan mol-mulkiga qonunda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga nisbatan kreditorlarning huquqlari to'g'risidagi, shuningdek qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qonunga muvofiq qo'yilgan cheklov hamda qarzdor o'z majburiyatlari lozim darajada bajarilishini ta'minlashi bilan bog'liq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni (bundan buyon matnda yozuvlar deb yuritiladi) o'z ichiga olgan ma'lumotlarning yagona axborot bazasi;
kreditor — qarzdordan o'zining majburiyatlari bajarilishini talab qilish, majburiyatlar bajarilmagan hollarda esa — majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash vositasi sifatida berib qo'yilgan qarzdorning mol-mulki yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi hisobiga o'z talablarining imtiyozli ravishda qanoatlantirilishini talab qilish huquqiga ega bo'lgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi bo'yicha pul talabnomasini sotib olgan moliya agenti;
qarzdor — kreditor foydasiga mol-mulkni yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqini berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish, pulni to'lash yoki buzilishi kreditorning majburiyatlar bajarilishini ta'minlash vositasi sifatida qarzdor berib qo'ygan mol-mulkka yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga undiruvni qaratishga bo'lgan imtiyozli huquqi yuzaga kelishiga sabab bo'ladigan boshqa majburiyatlarni bajarish bilan bog'liq harakatni sodir etishi shart bo'lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
foydalanuvchilar — garov reyestrini yurituvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida garov reyestriga yozuv kiritish huquqiga ega bo'lgan kreditor, qarzdor yoki pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi bo'yicha pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs (bundan buyon matnda pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs deb yuritiladi) sifatida qatnashayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek qonunga muvofiq mol-mulkni yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tasarruf etish va undan foydalanishni cheklab qo'yish huquqiga ega bo'lgan tergov hamda surishtiruv organlari, davlat soliq va bojxona xizmati organlari;
yagona ro'yxatdan o'tkazish raqami — garov reyestriga kiritilgan yozuvga beriladigan alohida ro'yxatdan o'tkazish raqami.
lex.uz’dagi asl matn«Garov reestri to'g'risida»gi qonun
3-modda. Asosiy tushunchalar
(3-модданинг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.