«Garov reestri to'g'risida»gi qonun

10-modda. Garov reyestriga yozuv kiritish shartlari

(10-модданинг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Kreditor sifatida qatnashayotgan foydalanuvchi tomonidan yozuv kiritish qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi. Qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning roziligi qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning identifikatsiya ma'lumotlari, shuningdek kreditorning qaysi mol-mulkka huquqi yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bo'lsa, o'sha mol-mulk yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi ko'rsatilgan holda elektron hujjat tarzida yoki qog'ozda rasmiylashtiriladi. Qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning yozma roziligi garov reyestridan yozuv chiqarib tashlanguniga qadar kreditorda saqlanishi kerak. Sudning undiruvni qarzdorning mol-mulkiga yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga qaratish to'g'risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori to'g'risida yozuv kiritish yoxud kiritilgan yozuvdan mol-mulkning bir qismini chiqarib tashlash yoki undagi axborotni o'zgartirish kreditor tomonidan qarzdorning roziligisiz amalga oshiriladi. Qarzdorning zimmasida soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarzlar bo'lgan taqdirda, davlat soliq va bojxona xizmati organlari qarzdorning roziligisiz yozuv kiritadi. Tergov va surishtiruv organlari qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlarini cheklash (mol-mulkni xatlash, bank hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turish) to'g'risida o'z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilgan taqdirda, qarzdorning roziligisiz yozuv kiritadi. Agar qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs yozuvni noxolis va ishonchsiz deb hisoblasa va kreditor uni chiqarib tashlashni yoki o'zgartirishni rad etsa, kiritilgan yozuvga doir e'tirozlar qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs sifatida qatnashayotgan foydalanuvchi tomonidan garov reyestriga kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.