Law on Citizenship

6-modda. Fuqaroligi bo'lmagan shaxsga nisbatan O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish

(6-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 июндаги ЎРҚ-696-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.06.2021 й., 03/21/696/0553-сон)

2005 yil 1 yanvarga qadar O'zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo'lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi. O'zini O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to'g'risidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar O'zbekiston Respublikasida kamida o'n besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi. Ota-onasidan biri (yolg'iz otasi yoki onasi) O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O'zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi. Ushbu Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida hamda mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.