1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvarda qabul qilingan «Davlat boji to'g'risida»gi O'RQ-600-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020 yil, № 1, 1-modda):
5-moddasining 6-bandidagi «O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to'g'risida beriladigan arizalardan» degan so'zlar «O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to'g'risidagi iltimosnomalardan yoki O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to'g'risidagi arizalardan» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
22-moddasining uchinchi qismidagi «O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to'g'risidagi arizalardan» degan so'zlar «O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to'g'risidagi iltimosnomalardan yoki O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to'g'risidagi arizalardan» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
O'zbekiston Respublikasining «Davlat boji to'g'risida»gi Qonuniga ilovaning 6-bandi «i» kichik bandidagi «O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqarish to'g'risida arizalar berish uchun» degan so'zlar «O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to'g'risidagi iltimosnomalardan yoki O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to'g'risidagi arizalardan» degan so'zlar bilan almashtirilsin.
2. Quyidagilar o'z kuchini yo'qotgan deb topilsin:
1) O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi 632-XII-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 9, 338-modda);
2) O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi to'g'risida»gi 633-XII-sonli Qarori (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, № 9, 339-modda);
3) O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida»gi 714-II-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005 yil, № 1, 18-modda) I bo'limining 10-bandi;
4) O'zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'RQ-389-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015 yil, № 8, 310-modda) 1-moddasi;
5) O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'RQ-411-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 9, 276-modda) 1-moddasi;
6) O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 23 mayda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta'minlash bilan bog'liq o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'RQ-542-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019 yil, № 5, 267-modda) 2-moddasi.
lex.uz’dagi asl matn55-modda. O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish
(55-модда 1-бандининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 июндаги ЎРҚ-696-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.06.2021 й., 03/21/696/0553-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.