Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko'rib chiqish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga fuqarolik masalalari yuzasidan takliflar kiritish;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
O'zbekiston Respublikasining fuqarolik to'g'risidagi qonunchiligi ijrosini tahlil qilish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga mazkur yo'nalishda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar kiritish;
fuqarolik masalalari bo'yicha xalqaro amaliyotni va ilg'or xorijiy tajribani o'rganish.
lex.uz’dagi asl matn47-modda. Komissiyaning asosiy vazifalari
(47-модданинг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.