Law on Citizenship

40-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish masalalariga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi

Iltimosnomani qabul qilgan ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning to'g'ri rasmiylashtirilganligini uch ish kuni ichida tekshiradi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi ariza beruvchidan qo'shimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga yoxud zarur axborotni boshqa davlat organlaridan so'rab olishga haqli. Iltimosnoma ushbu Qonunning 37, 38 va 39-moddalarida ko'rsatilgan barcha hujjatlar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan paytdan e'tiboran ko'rib chiqish uchun qabul qilingan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.