Agar o'n to'rt yoshga to'lmagan bolaning ota-onasi (yolg'iz otasi yoki onasi) O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olsa yoki O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa, ushbu bolaning fuqaroligi o'zgarishi mumkin.
Ota-ona (yolg'iz ota yoki ona) O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini o'zgartirganda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan bolaning fuqaroligi, basharti bola fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lib qolmasa, o'zgarishi mumkin.
Ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining fuqaroligi o'zgarganda, bolaning fuqaroligi o'zgarmaydi. Bolaning fuqaroligi o'zgargan taqdirda, ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining roziligi talab qilinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn32-modda. Ota-onasining fuqaroligi o'zgargan taqdirda bolaning fuqaroligi o'zgarishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.