Bila turib yolg'on ma'lumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinganligi fakti aniqlangan taqdirda Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi materiallarni O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlariga topshiradi.
Bila turib yolg'on ma'lumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilanadi.
Qaror chiqargan sud qarorning ko'chirma nusxasini Ichki ishlar vazirligiga yoki Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
Sudning qarori asosida Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn28-modda. Bila turib yolg'on ma'lumotlarni yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilinganligi faktini aniqlash
(28-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 июндаги ЎРҚ-696-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.06.2021 й., 03/21/696/0553-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.