Chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirgan shaxslarni aniqlash uchun konsullik muassasalari manfaatdor vazirliklar hamda idoralarning ma'lumotlarini tekshiradi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini o'rganadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan faktlar tasdiqlangan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda Tashqi ishlar vazirligi deb yuritiladi) xulosa tayyorlaydi va uni materiallar bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn26-modda. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet davlat harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi faktlarini aniqlash
(26-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.