Law on Citizenship

22-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash

Agar ilgari O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan shaxsning fuqaroligi ushbu Qonun 25-moddasi birinchi qismining «a» va «g» bandlariga muvofiq yo'qotilgan bo'lmasa, u O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to'g'risida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqiga ega. Iltimosnomada O'zbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilish sabablari ko'rsatiladi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to'g'risidagi iltimosnoma bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtirish ushbu Qonunning 19, 37 va 38-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini bir martadan ortiq tiklashga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.