Law on Citizenship

19-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish

(19-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 июндаги ЎРҚ-696-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.06.2021 й., 03/21/696/0553-сон)

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning umumiy tartibi chet davlat fuqarosiga yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u: a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo'lsa; b) fuqaroligi bo'lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e'tiboran va O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to'g'risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar O'zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan bo'lsa; v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo'lsa; g) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o'z zimmasiga olsa; d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ushbu modda birinchi qismining «b» bandida nazarda tutilgan shart O'zbekiston Respublikasida tug'ilgan va yashab kelayotgan yoki O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohda bo'lgan va nikoh tuzilganidan keyin O'zbekiston Respublikasi hududida turmush o'rtog'i bilan birgalikda uzluksiz uch yil davomida yashab kelayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunda, agar fuqaroligi bo'lmagan shaxs bir yil ichida O'zbekiston Respublikasidan tashqariga jami bir yuz sakson uch kundan ortiq bo'lmagan muddatga chiqqan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi hududida yashalgan muddat uzluksiz deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.