Law on Citizenship

16-modda. Bola farzandlikka olinganda O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo'lgan yoxud fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lgan bola O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi. Biri O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo'lgan yoxud fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lgan bola O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi. Biri O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo'lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo'lgan yoxud fuqaroligi bo'lmagan shaxs bo'lgan bola farzandlikka oluvchilarning o'zaro kelishuviga ko'ra O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.