Law on Citizenship

10-modda. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda davlat tomonidan himoya qilinishi

(10-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Xorijda O'zbekiston Respublikasining fuqarolari O'zbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligi ostida bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi o'z diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali O'zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning qonunchiligida, O'zbekiston Respublikasi va chet davlat ishtirokchi bo'lgan xalqaro shartnomalarda o'ziga berilgan barcha huquqlardan, xalqaro huquqning umum tan olingan normalaridan, xalqaro urf-odatlardan to'laqonli foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun choralar ko'rishi shart. O'zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo'limlari (bundan buyon matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi) ham O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo'yicha choralar ko'radi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.