Fuqarolik protsessual kodeksi

90-modda. Ashyoviy dalillar

Ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarni aniqlash vositasi bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'lgan predmetlar ashyoviy dalillardir. Ashyoviy dalilni taqdim etuvchi yoki uni talab qilib olish to'g'risida iltimos qilayotgan shaxs ushbu dalil orqali ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan qanday holatlarni aniqlash mumkinligini ko'rsatishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.