Fuqarolik protsessual kodeksi

89³-modda. Raqamli dalillarni taqdim etish majburiyati

Fuqarolar, shuningdek korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o'z tasarrufida bo'lgan, sud harakatlarini amalga oshirishda foydalanish uchun zarur bo'lgan elektron ma'lumotlarni sudning qonuniy talabiga ko'ra elektron jismlar bilan birga taqdim etishi shart. Agar sud tomonidan raqamli dalillar talab qilinayotgan shaxs uni sud belgilagan muddatda taqdim etish imkoniga ega bo'lmasa, ushbu shaxs sabablarni ko'rsatgan holda bu haqda sudni xabardor qilishi shart. Raqamli dalillarni o'z ixtiyori bilan taqdim etayotgan shaxs ushbu dalillar yordamida ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini ma'lum qiladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxs boshqa shaxslar tasarrufida bo'lgan, ish uchun muhim bo'lgan raqamli dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda iltimosnoma berayotgan shaxs raqamli dalillar muayyan shaxsda qaysi asosga ko'ra turganligini, shuningdek ularning joylashgan yeri haqida ma'lum qiladi. Sud raqamli dalillarni talab qilib olish haqida iltimosnoma berayotgan shaxsga raqamli dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir so'rov berishi mumkin. Ishda ishtirok etmayotgan, sud tomonidan talab qilinayotgan raqamli dalillarni taqdim etish imkoniga ega bo'lmagan fuqarolar, shuningdek korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari sabablarni ko'rsatgan xolda bu haqda sudni xabardor qilishi shart. Sud tomonidan davlat organlaridan, tashkilotlardan yoki fuqarolardan talab qilinadigan raqamli dalillar bevosita sudga yuboriladi. Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek raqamli dalillarni uzrli sabablarsiz taqdim etish rad etilgan taqdirda, sud tashkilotlarning aybdor mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarima soladi. Jarima solinishi mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud tomonidan talab qilinayotgan raqamli dalillarni taqdim etish majburiyatidan ozod etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.