Ishni ko'rayotgan sud joylashgan yerdan tashqarida doimiy yashaydigan va uzrli sabablarga ko'ra sud majlisiga kelish imkoniga ega bo'lmagan guvohlar sudning tashabbusi bilan, taraflarning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga ko'ra yoxud guvohning o'z iltimosnomasi bo'yicha, ishni ko'rib chiqayotgan sudning topshirig'iga binoan o'zlari yashab turgan joydagi sud tomonidan yoki videokonferentsaloqadan foydalangan holda so'roq qilinishi mumkin. Bu guvohlar ishni ko'rib chiqayotgan sud majlisiga kelgan taqdirda, ular sud tomonidan so'roq qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
83-modda. Guvohlarni ularning yashash joylarida so'roq qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.