Sud hammaga ma'lum deb topgan holatlar isbotlashga muhtoj emas.
Bir fuqarolik ishi bo'yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan faktlar xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlari muhokamasida yangidan isbot qilinmaydi.
Iqtisodiy yoki ma'muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni ko'rayotgan sud uchun iqtisodiy yoki ma'muriy sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli bo'lgan holatlar to'g'risidagi masalalar bo'yicha majburiydir.
Jinoyat ishi bo'yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari to'g'risidagi ishni ko'rib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilganligi yoki etilmaganligi masalalari yuzasidan majburiydir.
Notarial harakat amalga oshirilganda notarius tomonidan tasdiqlangan holatlar, agar notarial tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning haqiqiyligi ushbu Kodeksning 235 va 236-moddalarida belgilangan tartibda rad etilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda buzilganligi aniqlanmagan bo'lsa, isbotlashni talab etmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
75-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
(75-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.