Har bir taraf o'zining talablari va e'tirozlariga asos qilib ko'rsatgan holatlarni isbotlashi shart.
Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan bo'lsa ham ularni muhokamaga qo'yadi.
Dalillar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ularga qo'shimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Agar qo'shimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tug'dirsa, ularga sud dalillar to'plashda ularning iltimosnomasiga ko'ra ko'maklashadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
72-modda. Isbotlash va dalillarni taqdim etish majburiyati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.