Fuqarolik protsessual kodeksi

53-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessual huquq va majburiyatlari

(53-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)

Ushbu Kodeksning 52-moddasida ko'rsatilgan sud protsessi ishtirokchilari mazkur Kodeksning 40-moddasida nazarda tutilgan protsessual huquqlardan foydalanadi, shuningdek boshqa shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun arz qilingan talablarni to'liq yoki qisman qo'llab-quvvatlash, ulardan voz kechish, o'zlari arz qilgan talablar bo'yicha tushuntirishlar berish huquqiga ega. Mazkur organlar, tashkilotlar va fuqarolarning boshqa shaxsning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga bergan arizasidan voz kechishi ushbu shaxsni ishni mazmunan ko'rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs tomonidan da'vogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan da'vo arizasidan (arizadan) da'vogarning (arizachining) voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, da'vo arizasini (arizani) ko'rmasdan qoldirishga olib keladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.