Fuqarolik protsessual kodeksi

46-modda. Ishga daxldor bo'lmagan javobgarni almashtirish

Sud da'vo bo'yicha javob berishi lozim bo'lmagan shaxsga nisbatan da'vo taqdim etilganligini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da'vogarning roziligi bilan ishga daxldor bo'lmagan javobgarni ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yo'l qo'yishi mumkin. Agar da'vogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi bo'lmasa, sud bu shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. Ishga daxldor bo'lmagan javobgarni almashtirish haqida sud ajrim chiqaradi. Ishga daxldor bo'lmagan javobgar almashtirilgandan so'ng ishni ko'rish boshidan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.