Sudning hal qiluv qarori majburiy tartibda ijro etish uchun, agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo'lsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan e'tiboran uch yil ichida taqdim etilishi mumkin.
Davriy to'lovlarni undirish uchun berilgan ijro varaqalari bu to'lovlar undiriladigan butun davr ichida ijroga taqdim etilishi mumkin. Ijro varaqasi ijroga taqdim etilguniga qadar o'tgan vaqt uchun davriy to'lovlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida undiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarning o'tishi har bir to'lov muddati tugagan kundan e'tiboran boshlanadi.
Agar sud tomonidan ijro varaqasi berilguniga qadar sud hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki bo'lib-bo'lib ijro etilishiga yo'l qo'yilgan bo'lsa, unda ijro varaqasini taqdim etish muddati qaysi vaqtdan boshlanishi ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
451-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.