Har bir sud hujjati bo'yicha bitta ijro varaqasi beriladi. Biroq, agar ijro turli joylarda yoki bir nechta undiruvchining foydasiga amalga oshiriladigan bo'lsa, sud undiruvchilarning iltimosiga binoan ijro joyini yoxud hal qiluv qarori ijrosining har bir ijro varaqasiga tegishli qismini aniq ko'rsatgan holda bir necha ijro varaqasi beradi.
Bir nechta javobgardan pul summalarini undirish to'g'risidagi hal qiluv qarori asosida javobgarlarning soni bo'yicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda, agar solidar javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan bo'lsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi ko'rsatilishi va solidar javobgar ekanligi ko'rsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab o'tilishi kerak.
Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan beriladi.
Ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan so'ng besh kun ichida undiruvchining iltimosnomasiga ko'ra davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi, bundan sud hujjati chiqarilishi bilanoq ijro varaqasi berilib, darhol ijro etiladigan hollar mustasno.
Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud bo'lgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Agar O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud bo'lmasa, ijro varaqasi unga qog'oz shaklida beriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
448-modda. Ijro varaqasi berish
(448-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонунига асосан бешинчи ва олтинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.