Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo'ladilar.
Da'vogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini o'zgartirishga, qo'shimcha talablar taqdim etishga, da'vo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan to'liq yoki qisman voz kechishga haqli.
Javobgar da'vogarning talabini to'liq yoki qisman tan olishga, qarshi da'vo taqdim etishga haqli.
Da'vo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instantsiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
44-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari
(44-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.