Fuqarolik protsessual kodeksi

419⁴-modda. Taftish tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi

(419⁴-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)

Birinchi instantsiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining ajrimi ustidan quyidagilar tomonidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin: ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan nizolar mustasno; prokuror ishtirokida ko'rilgan ish bo'yicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ish bo'yicha, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslarning murojaatlari mavjud bo'lgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o'rinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokurorlar va ularning o'rinbosarlari. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha sud hujjatlari ustidan, shuningdek ushbu sudlarning va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instantsiyasi bo'yicha qabul qilingan hamda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilgan sud hujjatlari ustidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga taftish tartibida: ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshisida ko'rsatilgan shaxslar shikoyat berishi; O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o'rinbosarlari prokuror ishtirokida ko'rilgan ish bo'yicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ish bo'yicha, shuningdek ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan shaxslarning murojaatlariga asosan protest keltirishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha sud hujjatlari ustidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga: O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan; O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori — prokuror ishtirokida ko'rilgan ish bo'yicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ish bo'yicha, shuningdek ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan taftish tartibida protest keltirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.