Fuqarolik protsessual kodeksi

419²⁹-modda. Taftish instantsiyasi sudi ko'rsatmalarining majburiyligi

(46-боб Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Taftish instantsiyasi sudining ajrimida, qarorida bayon qilingan ko'rsatmalar mazkur ishni yangidan ko'rayotgan sud uchun majburiydir. Taftish instantsiyasi sudi u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi to'g'risidagi, ayrim bir dalillarning boshqalaridan ustunligi haqidagi, ish yangidan ko'rilgan taqdirda qanday qaror chiqarilishi kerakligi to'g'risidagi masalalarni oldindan hal qilib qo'yishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.