Fuqarolik protsessual kodeksi

419²⁵-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rish muddatlari

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran bir oydan ortiq bo'lmagan muddatda ko'rib chiqiladi. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan u ko'rib chiqish uchun o'tkazilgan kundan e'tiboran bir oydan oshmagan muddatda ko'rib chiqiladi. Alohida hollarda taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rib chiqish muddati ishni ko'rayotgan sudlov hay'ati tomonidan ko'pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Taftish tartibidagi protest O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan u O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga kelib tushgan kundan e'tiboran ikki oydan oshmagan muddatda ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.