Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish haqidagi ajrimda quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari;
3) shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari;
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
6) shikoyatni ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish sabablari va asoslari;
7) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan ish ko'riladigan vaqt va joy.
Taftish tartibidagi protest kelib tushgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi uni ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish to'g'risida ajrim chiqaradi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi o'zi chiqargan ajrim bilan birga taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
419¹⁷-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish haqidagi ajrim
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.