Kassatsiya shikoyati yoki protesti berilganidan keyin da'vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning da'vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida kassatsiya instantsiyasi sudiga topshirilishi kerak. Agar ishning muhokamasi vaqtida da'vogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qo'yiladi.
Kassatsiya instantsiyasi sudi da'vodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin da'vogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi.
Da'vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi qabul qilingan yoki taraflarning kelishuv bitimi tasdiqlangan taqdirda kassatsiya instantsiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi.
Agar da'vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid bo'lsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzadigan bo'lsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi hamda ishni kassatsiya tartibida ko'radi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
414-modda. Da'vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning da'vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.