Kassatsiya instantsiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida ko'rilgan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yo'l qo'yilib qabul qilingan bo'lsa;
2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yo'l qo'yilib qabul qilingan bo'lsa;
3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa;
4) kassatsiya shikoyatidan voz kechish to'g'risidagi ariza kassatsiya shikoyatini bergan shaxsdan kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan bo'lsa;
5) protestni chaqirib olish to'g'risidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan bo'lsa;
6) ishda taraf bo'lgan yuridik shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan bo'lsa;
7) ishda taraf bo'lgan fuqaro kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa.
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar o'rtasida taqsimlash to'g'risidagi masala hal etilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo'yicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
407⁹-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish
(407⁹-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.