Fuqarolik protsessual kodeksi

407³-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish

(4073-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo'lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqei yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa; 2) kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 406-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lmasa yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 407-moddasining ikkinchi, to'rtinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo'lsa; 3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo'lsa, qonunda davlat bojini to'lashni kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa; 4) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab o'tgan holda yuborilgan bo'lsa; 5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o'tganidan keyin berilgan bo'lsa va o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risida iltimosnoma mavjud bo'lmasa; 6) kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi to'g'risida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to'g'risida ariza tushgan bo'lsa. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko'rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda to'langan davlat bojini qaytarish to'g'risidagi masala hal etiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.