Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjat;
kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan hollarda, uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Kassatsiya shikoyati (protesti) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko'chirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan kassatsiya shikoyati (protesti) mustasno.
Zarur hollarda, sudya kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs zimmasiga kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilingan yozma materiallarning ko'chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Prokurorning ishtirokisiz ko'rilgan ish bo'yicha kassatsiya protestiga ushbu Kodeks 403-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarning mazkur protestni keltirishga asos bo'lib xizmat qilgan murojaatining ko'chirma nusxasi ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ishlar mustasno.
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimi ustidan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va unga qo'shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga g'ayriqonuniy ravishda o'tkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash to'g'risidagi sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
407-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
(407-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.