Fuqarolik protsessual kodeksi

404-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko'radigan sudlar

(404-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Quyidagilar: 1) Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati — tegishli fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instantsiya bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; 2) O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning va O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instantsiya bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; 3) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instantsiya bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko'rib chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.