Fuqarolik protsessual kodeksi

399-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudining vakolatlari

(399-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-887-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2023 й., 03/23/887/0972-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Sud ishni apellyatsiya tartibida ko'rib chiqqach, o'z ajrimi bilan: 1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni o'zgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to'liq yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarishga; 3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to'liq yoki qisman o'zgartirishga; 4) hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilishga hamda ushbu Kodeksda ko'rsatilgan asoslarga ko'ra arizani ko'rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni to'liq yoki qisman tugatishga; 5) agar ish sudga taalluqlilik to'g'risidagi qoidalar buzilgan holda ko'rib chiqilgan bo'lsa, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga haqli. Ushbu Kodeks 372²-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 372⁴-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellyatsiya instantsiyasi sudi ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'radi. Ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'rishga o'tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo'lgan harakatlar ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.