Fuqarolik protsessual kodeksi

389⁴-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish

Agar apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan yoxud mansab mavqei ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellyatsiya instantsiyasi sudi shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldiradi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish to'g'risida sud ajrim chiqaradi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish uchun asos bo'lib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.