Civil Procedure Code

372⁴-modda. Protsessual huquq normalarini buzish yoki noto'g'ri qo'llash

Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto'g'ri qo'llanilganligi ishning noto'g'ri hal etilishiga sabab bo'lgan yoki sabab bo'lishi mumkin bo'lgan taqdirdagina sudning hal qiluv qarorini, ajrimini, qarorini bekor qilinishiga asos bo'ladi. Agar: 1) ish sud tomonidan g'ayriqonuniy tarkibda yoki taalluqlilik to'g'risidagi qoidalar buzilgan holda ko'rilgan bo'lsa; 2) ish sud tomonidan sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilinmagan shaxslardan biror-biri yo'qligida ko'rilgan bo'lsa; 3) ish ko'rilayotganida sud ishlari yuritiladigan tilga doir qoidalar buzilgan bo'lsa; 4) sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to'g'risidagi masalani hal qilgan bo'lsa; 5) sudning hal qiluv qarorini, ajrimini, qarorini chiqarishda sud maslahatining sir saqlanishiga doir qoidalar buzilgan bo'lsa; 6) hal qiluv qarori, ajrim, qaror ishni ko'rgan va hal qilgan sudyalardan (sudyadan) boshqa sudyalar (sudya) tomonidan imzolangan bo'lsa; 7) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan bo'lsa, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ham bekor qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Protsessual huquq normalarini buzish yoki noto'g'ri qo'llash — bu sudning ish ko'rish jarayonida qonun talablarini to'liq bajarmasligi yoki noto'g'ri bajarishi. Agar bu buzilishlar ishning noto'g'ri hal etilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo'lsa, sud qarorini bekor qilish uchun asos bo'ladi. Kimga tegishli Bu qoida sudlarning ish ko'rish jarayoniga va sud qarorlarining to'g'riligi nazoratiga tegishli. Amalda Masalan, sudga kelishi kerak bo'lgan shaxs vaqt va joy haqida xabardor qilinmasa, yoki sud ishlari boshqa tilida ko'rilsa, bu buzilishlar qarorni bekor qilish uchun etarli sabab bo'ladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.