Fuqarolik protsessual kodeksi

372²-modda. Sud hujjatini bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari

Sud hujjatini apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida bekor qilish yoki o'zgartirish uchun quyidagilar asos bo'lishi mumkin: 1) ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarning to'liq aniqlanmaganligi; 2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarning isbotlanmaganligi; 3) sud hujjatida bayon etilgan sud xulosalarining ish holatlariga muvofiq emasligi; 4) bildirilgan talab bo'yicha sud tomonidan sud hujjatining qabul qilinmaganligi; 5) moddiy va protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto'g'ri qo'llanilganligi. Sudning mazmunan to'g'ri bo'lgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat rasmiy asoslarga ko'ra bekor qilinishi mumkin emas. Sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risidagi masalaning hal qilinmaganligi yoki noto'g'ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o'zgartirish uchun asos bo'lmaydi. Bunday holda ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.