Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sud ushbu Kodeksning 24-bobida belgilangan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ish bo'yicha sud ajrimida, shuningdek quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri;
undiruvchining va qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini so'rayotgan hal qiluv qarori to'g'risidagi ma'lumotlar;
hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish haqidagi yoxud uni e'tirof etishni va ijro etishni rad qilish to'g'risidagi ko'rsatma.
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi sud ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
371-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ish bo'yicha sud ajrimi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.