Fuqarolik protsessual kodeksi

358²-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni

Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida beriladi va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) mediativ kelishuv tuzgan taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo'lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; 3) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi talab. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa ma'lumotlar ko'rsatilishi mumkin. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 1) mediativ kelishuvning asli yoki tegishli tarzda tasdiqlangan ko'chirma nusxasi; 2) belgilangan tartibda hamda miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraflarning soniga qarab ko'chirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza mediativ kelishuv tuzgan tarafning vakili tomonidan berilgan bo'lsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e'tiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko'ra o'tkazib yuborilgan taqdirda, o'tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. Agar mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza ushbu Kodeksning 358¹-moddasida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, to'rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari qoidalari buzilgan holda berilgan bo'lsa, sudya bunday arizani ushbu Kodeksning 195-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha qaytaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.