Fuqarolik protsessual kodeksi

322-modda. Ishni ko'rib chiqish

Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ish sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risida yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqida ariza berilgan kundan e'tiboran uch kunlik muddatda sud tomonidan mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili — tibbiy komissiyasi a'zosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida ko'rib chiqiladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda ko'rib chiqilayotgan shaxs, agar uning sog'lig'i holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin. Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi vakilining — tibbiy komissiyasi a'zosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining sud majlisiga uzrsiz sababga ko'ra kelmaganligi ishni ko'rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud bu shaxslarning kelishini shart deb topishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.