Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan yoki uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo'limiga g'ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to'g'risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turgan) joyidagi sudda ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
320-modda. Ariza berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.