Fuqarolik protsessual kodeksi

316-modda. Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud xarajatlari

Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to'g'risidagi ishlarni yuritish bilan bog'liq sud xarajatlari arizachidan undirilmaydi. Agar sud ariza fuqaroning oila a'zolari tomonidan insofsizlik qilib, asossiz ravishda fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki uni muomala layoqatidan mahrum etish maqsadida ataylab berilgan deb topsa, sud xarajatlarini oila a'zolaridan undiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.