Fuqarolik protsessual kodeksi

311-modda. Arizaning mazmuni

Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to'g'risidagi arizada spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiiste'mol qiluvchi shaxs o'z oilasini moddiy jihatdan og'ir ahvolga solib qo'yayotganligidan dalolat beruvchi holatlar bayon etilishi kerak. Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to'g'risidagi arizada shaxsning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi), shuning oqibatida u o'z xatti-harakatlarini anglay olmasligidan yoki boshqara olmasligidan dalolat beruvchi holatlar bayon qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.