Fuqarolik protsessual kodeksi

302-modda. Ishni ko'rib chiqish

Sud farzandlikka olish to'g'risidagi ishlarni farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek prokuror albatta ishtirok etgan holda ko'rib chiqadi. Zarur hollarda, sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek o'n yoshga to'lgan bolaning o'zini ishda ishtirok etishga jalb qilishi mumkin. Sud farzandlikka olish to'g'risidagi ishlarni sudning yopiq majlisida ko'rib chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.