Ish sirtdan ish yuritish tartibida ko'rilganida sud ishdagi mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanadi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlari va iltimoslarini e'tiborga olib, hal qiluv qarori chiqaradi, bu hal qiluv qarori sirtdan chiqarilgan deb ataladi.
Da'vogar tomonidan da'voning predmeti yoki asosi, da'vo talablari miqdori o'zgartirilganda sud mazkur sud majlisida ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko'rishga haqli emas. Bu holda ishni ko'rish da'vo arizasini da'vo predmeti yoki asosi, da'vo talablari miqdori o'zgartirilgan holda javobgarga topshirish uchun keyinga qoldiriladi.
Agar sud majlisiga kelmagan javobgardan ishni uning ishtirokisiz ko'rish haqida ariza kelib tushsa, ish sirtdan ish yuritish tartibida emas, umumiy tartibda ko'rilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
282-modda. Sirtdan ish yuritish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.